строительный факультетмеханический факультетэнергетический факультетэкономический факультетхимический факультетприборостроительный факультет
  ENG RUS
о нашем институтеруководствоабитуриентузаочный факультетпубликациибиблиотекагостевая книга
Bosmaxona Til marakazi Akademik litsey Litsey internat Kardlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Xalqaro aloqalar bo'limi Tayyorlov kurslari

INSTITUT TARIXI

XX asrning 60 yillarida Respublikamizda, ayniqsa, Farg'ona vodiysida sanoat korxonalarining rivojlanishi, ishlab chiqarish quvvatlarining ko'payishi hududda milliy muhandis kadrlarga bo'lgan talabning keskin ko'tarilishiga sabab bo'ldi.

Shu munosabat bilan O'zbekiston Oliy va o'rta maxsus tahlim vazirligining 251-A buyrug'iga asosan 1967 yilda Toshkent politexnika institutining Farg'ona filiali bazasida mustaqil Farg'ona politexnika instituti tashkil etildi.

Dastlab institutda 70 o'qituvchi- xodimlar bo'lib, shundan 3 nafari fan nomizodi ilmiy darajasigia ega bo'lgan. Institutga Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi, "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi, №8 qurilish trestiga qarashli binolardan ajratib berildi. Qisqa vaqt ichida bu binolar o'quv mashg'ulotlari olib borish uchun moslashtirildi. 1967 yil avgust oyida institutga birinchi marta uch mutaxassislik: qabul "Sanoat va fuqaro qurilishi", "Mashinasozlik texnologiyasi" va "Energetika" bo'yicha qabul amalga oshirildi.

Institutda ishlash uchun butun mamlakatdan ilmiy- pedagogik xodimlar, Toshkent politexnika institutini bitirgan qobiliyatli yosh mutaxassislar ishga taklif qilindi.
Yildan yilga institut kengayib, yangi kafedralar, fakulhtetlar ochila bordi. Hozirgi kunda institut Farg'ona shahrining Qirguli tumanida xushmanzara joyni makon etgan, uning o'quv binolari, yotoqxonalari, sport inshoatlari, kutubxonasi, dam olish, davolash, sanhat muassasalari - hammasi jamul jam bo'lib, o'ziga xos talabalar shaharchasini tashkil etadi.


Mustaqillik yillarida institut yanada kamol topdi, vodiyda yagona texnika oliy o'quv yurti bo'lib, zamon talablariga javob bera oladigan, jahon andozalariga mos muhandis mutaxassislaryetishtiruvchi o'quv maskaniga aylandi.
Institut zamonaviy moddiy- texnika bazasiga ega bo'lib, yuqori darajada o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy- ma'rifiy faoliyat olib borish imkoniyatiga ega.


Farg'ona politexnika instituti o'tgan davr mobaynida 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislaryetishtirdi. Ularning orasida yuqori lavozimlarda ishlayotgan rahbar xodimlar ko'p. Respublika Oliy Majlis deputati Farg'ona viloyati hokimi A. Otaboev, Farg'ona shahar hokimi A.Mo'minov, Navoiy shahar hokimi B. Homidov, Andijon shahar hokimi A.Sobirov, Olti-ariq tumani hokimi N.Omonov, Yozyovon tumani hokimi X.Komilov, "Azot" aktsionerlik jamiyati raisi A.Abdullaev va boshqalar shular jumlasidandir. Institut O'zining 30 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan sobiq talabalari bilan faxrlanadi.